YANGIOBODDA SAYYOR QABUL VA BEPUL TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILMOQDA
2026-10-15 10:05:00 / Yangiliklar
Kecha xabar berganimizdek, bugun Yangiobod tumani Tibbiyot birlashmasida Jizzax viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining malakali shifokorlari ishtirokida sayyor qabul va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda.

Tadbir davomida fuqarolar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, o‘z salomatliklari bo‘yicha maslahat va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
📌 Manzil: Yangiobod tumani Tibbiyot birlashmasi.
🕒 Jarayon bugun soat 15:00 ga qadar davom etadi.
Fuqarolardan ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salomatliklariga befarq bo‘lmasliklari so‘raladi.









