“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI TASHKIL ETILDI
2026-10-14 12:05:00 / Yangiliklar

Tadbir “Bir Vatan, bir xalq, bir maqsad — O‘zbekiston ravnaqi!” shiori ostida o‘tkazilib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat va milliy armiyamizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
Tadbir davomida 2-darajali serjant Madiyev Hakim Abdumurot o‘g‘li o‘quvchilarga harbiy qurol-aslahalar, ularning vazifalari va xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, Jek laqabli xizmat itining ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi. Ushbu chiqish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni Vatanga sadoqatli, jasur va fidoyi insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.







