USTOZ MEHNATI — DAVLAT E’TIBORIDA
2026-10-12 15:15:00 / Yangiliklar
“Yil o‘qituvchisi–2026” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar orasida Yangiobod tumani 3-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Muxlisa Sayidqulova Qodirqulovnaning borligi tuman ta’lim sohasi uchun quvonchli voqea bo‘ldi.
Mazkur e’tirof pedagogning kasbiy mahorati, fidokorona mehnati hamda yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bildirilgan yuksak hurmat ifodasidir.
Ma’lumot uchun, “Yil o‘qituvchisi–2026” tanlovi g‘oliblari jami 616 million so‘m pul mukofoti bilan ham taqdirlangan.
Muxlisa Sayidqulova Qodirqulovnani munosib e’tirof bilan tabriklaymiz! Ustozga kelgusi pedagogik faoliyatida yangi yutuqlar, mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

