Yangiobod tumaniga yangi prokuror tayinlandi
2026-10-07 12:15:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani hokimligida Jizzax viloyati prokurori B. Ibrohimov hamda tuman hokimi I. Qarshiboyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Yangiobod tumani prokurori Sh. Salimovning boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan tuman prokuraturasi jamoasiga yangi rahbar tanishtirildi.
Yig‘ilish davomida Sh. Salimovning tuman prokurori sifatida ko‘p yillar davomida olib borgan faoliyati e’tirof etilib, unga kelgusi ish faoliyatida muvaffaqiyat tilandi.
Shuningdek, O. Mannonov Yangiobod tumani prokurori etib tayinlangani ma’lum qilinib, yangi rahbarga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va omad tilaklari bildirildi.







