Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
2026-10-07 16:00:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, Yangiobod tumanida har bir sektor kesimida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Sovot va Yangiobod mahallalarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ishtirokida tashkil etildi.
Muloqotda Respublika ishchi guruhi vakili Sh. Norkulov hamda Yangiobod tumaniga biriktirilgan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari B. Xudoyberganov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.









