TA’LIM MUASSASALARIDAGI MA'NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILMOQDA.
2026-10-02 14:45:00 / Yangiliklar
Tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” asosida ishchi guruh tomonidan tumandagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati o‘rganilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan navbatdagi o'rganish Doʼstlik MFY hududidagi 10-umumta'lim maktabida o'tkazildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlar, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.



