MEHNATGA BERILGAN YUKSAK EHTIROM
2026-09-30 17:50:00 / Yangiliklar

Ushbu davlat mukofoti Tal’at Hayotjonovichning ta’lim sifatini yuksaltirish, maktab jamoasining samarali faoliyatini tashkil etish, yosh avlodga puxta bilim va munosib tarbiya berish borasidagi xizmatlariga berilgan yuksak e’tirofdir.
Quvonarlisi, “Shuhrat” medali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan shaxsan topshirildi.
Mazkur e’tirof Yangiobod tumani ta’lim tizimida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylarning sharafli kasbiga bo‘lgan yuksak hurmatning yana bir ifodasidir.
Sulaymonov Tal’at Hayotjonovichni ushbu munosib mukofot bilan muborakbod etamiz! Ustozlik va rahbarlik faoliyatida bardavom muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va el-yurt manfaatlari yo‘lidagi ezgu ishlariga rivoj tilaymiz.
