YANGIOBODDA “GENDER TENGLIK FAOLI” MILLIY TANLOVI DOIRASIDA TADBIR O"TKAZILDI
2026-09-30 14:30:00 / Yangiliklar

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi KQ-386-V-son qarorida belgilangan vazifalar hamda tanlovning tegishli tartib-qoidalari asosida tashkil etildi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda gender tenglikni ta’minlash faqat davlat tashkilotlarining emas, balki nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi sa’y-harakatlarini talab qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, jamiyatda teng huquq va imkoniyatlar tamoyillarini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va jamoat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalarini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Yangiobod tumanida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.



