YANGIOBODDA POKISTONLIK INVESTORLAR BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-29 17:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida tumanning investitsiyaviy salohiyati, mavjud yer maydonlari va ularni qishloq xo‘jaligi loyihalariga jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Investorlar tashrifining asosiy yo‘nalishlaridan biri — Yangiobod tumanida zaytun bog‘i va agroindustrial loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘ldi. Shu munosabat bilan investorlar uchun loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan hududlar va yer maydonlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayon davomida yer maydonlarining joylashuvi va chegaralari, mavjud avtomobil yo‘llari, elektr ta’minoti, sug‘orish va suv infratuzilmasi, shuningdek, loyiha uchun muhim bo‘lgan boshqa amaliy masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, investorlar bilan hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, infratuzilma masalalarini hal etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha fikr almashildi.
Yangiobod tumanida xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi loyihalarni amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.









