FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-26 11:50:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 4 nafar fuqaro tomonidan 4 ta murojaat bildirildi. Murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shaxsiy qabulda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni chuqur o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda muammolarga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



