Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-22 11:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida tuman hokimi tomonidan tadbirkorlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, murojaatlariga tegishli javoblar berildi. Ayrim masalalarni joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va amaliy yechim topishga qaratildi.









