“IJTIMOIY PROFILAKTIKA HAFTALIGI” DOIRASIDA TADBIRLAR O‘TKAZILDI
2026-09-19 11:10:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani Sovot QFY hududida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida “Tig‘” va “Davomat” tadbirlari tashkil etilib, o‘quvchilarning xavfsizligi, maktabga muntazam qatnashi hamda turli salbiy holatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, yo‘llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish, piyodalar uchun belgilangan qoidalarga amal qilish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot ishlari olib borilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari va uning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.






