Qurilish obyektlaridagi ishlar o‘rganildi
2026-09-19 11:05:00 / Yangiliklar
Yangiobod tuman prokurori Sh. Salimov tomonidan tumandagi qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan, Sarmich mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 298-sonli qarori ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi dasturi asosida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi, shuningdek, Prezidentning 5072-sonli qarori ijrosi doirasida “Tashabbusli budjet” loyihasi asosida qurilayotgan sun’iy qoplamali stadiondagi qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda obyektlarda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.





