“SOG‘LIQ UCHUN 5000 QADAM” MARAFONI O‘TKAZILDI
2026-09-19 08:55:00 / Yangiliklar
Yangiobod ShFY hududida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda giyohvandlik vositalarining tarqalishining oldini olish maqsadida “Sog‘liq uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.

Tadbir avvalida yig‘ilganlar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining ochilish tadbiri o‘tkazildi.
Shundan so‘ng kattalar va yoshlar ishtirokida 5000 qadam yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Marafon davomida sog‘lom hayot tarzi, sport bilan muntazam shug‘ullanish, yoshlarni turli zararli illatlardan, xususan, giyohvandlik va narkotik vositalarini iste’mol qilish hamda tarqatishdan asrash muhimligi targ‘ib qilindi.
Tadbir ishtirokchilari “Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz! Giyohvandlikka yo‘l yo‘q!” degan ezgu g‘oyalar atrofida birlashdilar.
Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat poydevori!
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik!








