Kiberxavfsizlik: bilim va ehtiyotkorlik muhim
2026-09-18 14:55:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchilari ishtirokida “Kiberxavfsizlik” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli kiberxavflarning oldini olish hamda o‘quvchilarda raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga internet makonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, begona havolalarga kirmaslik, shaxsiy ma’lumot va parollarni himoya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari tumandagi boshqa umumta’lim maktablarida ham izchil davom ettirilmoqda. Informatika fani o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy va nazariy tushunchalar berib borilmoqda.





