Avgust oyi uchun ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2026-08-01 16:40:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani hokimi raisligida yig‘ilish o‘tkazilib, unda "Jizzax viloyatida avgust oyida raqamlashtirishni joriy etish, jinoyatchilikni jilovlash va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi" muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida dasturda belgilangan ustuvor vazifalar, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasidagi ishlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini qat’iy nazoratga olish zarurligi ta’kidlandi.









