YANGIOBOD TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
2026-08-01 14:30:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida 6 nafar fuqaro tomonidan 8 ta masala yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlar asosan ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilma hamda boshqa dolzarb masalalarga oid bo‘lib, har biri yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olindi.









