Fuqarolar qabuli
2026-08-31 15:35:00 / Yangiliklar

Mazkur jadval asosida 2026-yil 27–31-iyul kunlari tuman hokimining o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabullari o‘tkazildi.
Qabullar davomida fuqarolar tomonidan yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. O‘rganish talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ularni qonuniy muddatlarda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va aholi roziligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.



