Yangiobodda narkojinoyatlarga qarshi kurash samaradorligi muhokama qilindi
2026-07-31 11:05:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, tegishli hujjatlar hamda hisobotlar tahlil qilinib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasining oldini olish, profilaktika hamda targ‘ibot ishlari samaradorligi muhokama etildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.



