Oilaviy (maishiy) zoravonlik va uning oqibatlari
2026-07-30 16:30:00 / Press-relizlar

Oilaviy zo'ravonlikning turlari
U bir necha ko'rinishda bo'ladi, ko'pincha ular bir-biriga aralashgan holda uchraydi:
Jismoniy zo'ravonlik: Kuch ishlatish, urish, kaltaklash, jarohat еtkazish.
Psixologik (ruhiy) zo'ravonlik: Doimiy haqorat, tahdid, qo'rqitish, kamsitish, shaxsni qadrsizlantirish. Bu tur ko'pincha jismoniydan ham ko'proq zarar еtkazadi Iqtisodiy zo'ravonlik: Ayol yoki boshqa oila a'zosini moddiy resurslardan mahrum qilish, moliyaviy qaramlikka solish.
Jinsiy zo'ravonlik: Oiladagi shaxs tomonidan jinsiy bosim o'tkazish yoki majburlash.
Huquqiy ta'rif va javobgarlik
Oʻzbekiston qonunchiligida ushbu tushuncha aniq belgilangan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 592-moddasiga koʻra, quyidagi harakatlar maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanadi:
Taʼlim, mehnat, sogʻliqni saqlash yoki mulk huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish.
Mulkka qasddan zarar еtkazish.
Shaʼnni kamsitish, qoʻrqitish, yaqin qarindoshlardan majburiy ajratish.
Ushbu qilmishlar uchun jarima yoki 10 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan. Agar engil tan jarohati еtkazilgan boʻlsa, qamoq muddati 15 sutkagacha oshirilishi mumkin.
Arnasoy tuman sudining tergov sudyasi M.O’sarboyeva
