Yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi
2026-07-30 14:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiobod tuman bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan Sarmich MFYdagi 3-son umumta’lim maktabida “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan madaniy chiqishlar, intellektual va ma’rifiy mashg‘ulotlar, kitobxonlikni targ‘ib etuvchi loyihalar hamda milliy qadriyatlarni ulug‘lashga xizmat qiluvchi dasturlar namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usi va sog‘lom turmush tarziga intilishni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha yosh avlodning bilimli, tashabbuskor, ma’naviy yetuk va vatanparvar insonlar bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy tashabbuslardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.








