Savdo shaxobchalarida obodonlashtirish ishlari
2026-07-28 12:00:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev hamda tuman prokurori Shaxruz Salimov bugun Balandchaqir dehqon bozori va tuman markazida joylashgan savdo shoxobchalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida hududlarning sanitariya holati, savdo maskanlarining tashqi ko‘rinishi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, tadbirkorlik obyektlari oldidagi tartib-intizomga alohida e'tibor qaratildi.
Mas'ullarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, savdo hududlarining estetik qiyofasini yanada yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.








