Tuman hokimi Xavotog‘ QFY aholisi bilan uchrashdi
2026-07-23 09:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Dastlab tuman hokimi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, har bir fuqaro o‘z xonadoni va yashash hududini ozoda saqlashi, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishi, tozalik madaniyatiga rioya qilishi mahalla taraqqiyoti va aholi salomatligi uchun muhim omil ekani alohida ta'kidlandi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.









