Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
2026-07-14 12:00:00 / Videolar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish hamda "Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik oyligi doirasida Yangiobod tumanida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Yangiobod tumani Ichki ishlar bo‘limi, Yo‘l-patrul xizmati hamda Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamkorligida 25V026 "Pastkichaqir – Balandchaqir – Xo‘jamushkent" avtomobil yo‘lining 4–9-kilometr oralig‘ida 4 turdagi 38 dona yo‘l harakati belgisi o‘rnatildi.
Mazkur yo‘l belgilari haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimiz. Haydovchilardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga qat’iy amal qilishlari va harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lishlari so‘raladi

