Yangiobodda yangi ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi jadal davom etmoqda.
2026-07-14 09:20:00 / Videolar
Prezidentning PQ-393-son qarori asosida barpo etilayotgan zamonaviy ta’lim maskanida ayni paytda bazalt qoplama, pardozlash hamda ikkinchi qavat tomini yopish ishlari olib borilmoqda.
🏫 Mazkur maktabni 2026-yil 1-sentabrga qadar to‘liq qurib bitkazish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Yangi ta’lim maskani tumandagi o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoit yaratib, ta’lim sifati yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

