YANGIOBOD TUMANIDA YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB QURILISHI JADAL DAVOM ETMOQDA
2026-07-14 10:10:00 / Yangiliklar

Mazkur loyihaning buyurtmachisi – "Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" davlat muassasasi, pudratchisi "Jizzax Binokor Savdo" MChJ, loyiha tashkiloti esa "Jizzakh Geodetic" MChJ hisoblanadi.
Qurilish obyektining umumiy qiymati 13 milliard 95 million 629 ming 408 so‘mni tashkil etadi. Qurilish ishlari 2026-yil 25-fevral kuni boshlangan bo‘lib, yakunlash muddati 2026-yil 21-avgust etib belgilangan.
Ayni vaqtda obyektda bazalt qoplama va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, ikkinchi qavat tomini yopish ishlari ham jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.
Mazkur zamonaviy ta’lim maskanini joriy yilning 1-sentabriga qadar to‘liq qurib bitkazish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Yangi maktab foydalanishga topshirilgach, tumandagi o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengayadi hamda ta’lim sifati va infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.








