Yoshlar kuni munosabati bilan bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-09 11:30:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan Yangiobod tumani hokimligi majlislar zalida oliy va umumiy o‘rta ta'lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev hamda tuman IIB boshlig‘i Jo‘rabek Xojanov ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.
Suhbat davomida yoshlarning kelgusidagi rejalari, oliy ta'lim, kasb-hunar egallash, bandlik, tadbirkorlik va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb egallashi va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.









