Aholi murojaatlari – e'tibor markazida
2026-07-08 17:00:00 / Yangiliklar

Yangiobod tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev hamda tuman IIB boshlig‘i J. Xojanov Xavotog‘ QFY hududida tashkilot va idora rahbarlari, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifati, muammolarni joyida aniqlash va ularni ortiqcha ovoragarchiliksiz hal etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ta'kidlanganidek, har bir murojaat ortida inson taqdiri va uning qonuniy manfaatlari mujassam bo‘lib, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish barcha mutasaddilarning ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Muloqot jarayonida aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Mas'ullar fuqarolar bilan bevosita suhbatlashib, mavjud murojaatlar yechimi bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berdi hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etish choralarini belgiladi.
Shuningdek, mahallalarda muammolarni dastlabki bosqichning o‘zida bartaraf etish, takroriy murojaatlarning oldini olish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash hamda davlat organlarining aholi oldidagi mas'uliyatini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Yangiobod tumanida ham bundan buyon fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, adolatli va qonuniy hal etish, har bir murojaat bo‘yicha amaliy natijaga erishish ustuvor vazifa sifatida davom ettiriladi.









