Yangiobod tumani prokurori v/b Abdullayev Ziyodulla Abduqayumovichning tuman aholisiga murojaati
2026-06-20 10:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Farzandlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ilm-fan, madaniyat va kasb-hunarga keng jalb etish orqali giyohvandlik kabi illatlarning oldini olishimiz mumkin.
🌐 Hurmatli tumanimiz ahli!
Agar siz giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki kuchli ta’sir qiluvchi vositalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar bering.
🤝 Bu orqali siz nafaqat bir insonning, balki butun bir oilaning va jamiyatimizning kelajagini asrab qolishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
📌 Farzandlarimiz kelajagi, xalqimiz salomatligi va yurtimiz tinchligi yo‘lida birlashaylik. Giyohvandlikka qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Hurmat bilan,
Abdullayev Ziyodulla Abduqayumovich
Yangiobod tumani prokurori v/b.
