Yangiobod tumani hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-06-20 14:30:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 10 nafar fuqaro tomonidan jami 14 ta masala yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga ijro uchun yo‘naltirilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.








