Bolalar mehnatiga barham berish ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishining garovidir
2026-06-16 10:30:00 / Press-relizlar

Xususan, xotin-qizlarga zo‘ravonlik va tazyiqning turli xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ayni damda yurtimizda ko‘p uchrayotgan zo‘ravonliklarning biri – bu oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik hisoblanishi barchamizga ma’lum.
Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik – xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish kabi holatlarga aytiladi.
Bundan tashqari, "Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi 2024 yil 21 oktabrdagi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 592-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 1261-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirildi.
Oilaviy-maishiy zo‘ravonlikka qarshi yolg‘iz kurashib bo‘lmaydi. Qo‘rqib yashovchi, ruhiy jihatdan ezilgan zo‘ravonlik qurboni aniq qarorlar qabul qilish holatida bo‘lmaydi. Bu yerda nafaqat yaqinlarning, balki davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘ladi. Zero zo‘ravonlik, eng avvalo, shaxsga qarshi jinoyat, shaxsiy erkinlik huquqlarining buzilishidir. Jamiyatimizda oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib borib, oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha mavjud noto‘g‘ri tushunchalarni o‘zgartirish kerak. Bu ishga matbuot va nodavlat tashkilotlarini jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Oiladagi zo‘ravonliklarda, asosan ayollar jabr ko‘rayotgani va muammoning yechimi, odatda erkaklar qo‘lida ekanligini uqtirish lozim hisoblanadi.
Shu bilan birga, mahalla raislari va boshqa mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlaridagi lavozimlarga oilaviy zo‘ravonlik haqida tushunchaga ega bo‘lgan kishilar tayinlanishi kerak. Oilalar bilan ishlovchi mas’ul shaxslar uchun oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha davomiy treninglar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Jinoyat ishlari bо‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi
T.Eshonqulov
