Yoshlar oyligi doirasida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
2026-06-05 16:10:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasasiga kirish jarayonlari, qabul tartiblari, ta’lim yo‘nalishlari hamda agrar sohada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, yoshlarni kasb tanlashda to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Targ‘ibot tadbiri yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni oliy ta’limga jalb etish hamda kelajak kasbini ongli tanlashlariga xizmat qiladigan muhim muloqot maydoni bo‘ldi.









