Yoshlar kuni munosabati bilan yosh tadbirkor faoliyati o‘rganildi
2026-06-04 14:45:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida mas’ullar korxonada shlakoblok ishlab chiqarish jarayoni, tayyor mahsulotlarning sifati hamda qurilish mollari savdosining bugungi holati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, yaratilgan ish o‘rinlari va faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida yosh tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlash borasidagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkor tashabbusi bilan barpo etilayotgan suv havzasida olib borilayotgan qurilish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ta’kidlanganidek, yosh tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes loyihalarini rivojlantirish va bandlikni ta’minlash Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Mazkur korxona faoliyati va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy ishlab chiqarish hajmini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









