Fuqarolar qabuli kunlari jadvali tasdiqlandi
2026-05-25 14:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi hamda uning o‘rinbosarlarining fuqarolar qabuli kunlari jadvali tasdiqlandi.

🤝 Mazkur jadval aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida ishlab chiqilgan.
✅ Fuqarolar belgilangan jadval asosida o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan tuman hokimi va mutasaddi rahbarlarga murojaat qilishlari mumkin.
