YUKSAK MAʼRIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI!
2026-05-25 09:05:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumanidagi maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangrab, minglab qalblarda hayajon, quvonch va unutilmas xotiralarni uyg‘otdi.

Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev viloyatdagi barcha bitiruvchilarga onlayn tarzda Prezidentimizning samimiy tabrigini o‘qib eshittirdi.
12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev bitiruvchilarning yurtimiz ravnaqi uchun fidoyi, bilimli va ma’rifatli yoshlar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi.
Tadbir davomida faol o‘qituvchi va o‘quvchilar munosib taqdirlandi. Maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.









