« Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish tartibi qanday »
2026-05-18 10:30:00 / Press-relizlar

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga muvofiq Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini, og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini, o‘ta og‘ir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
