Odamlar orasida
2026-05-18 12:25:00 / Videolar
Hayot sinovlari oldida taslim bo‘lmagan insonlardan biri — Yangiobod tumani Shodlik mahallasida yashovchi Allashukurova Dilnoza O‘ralboyovna.
Asli Sirdaryo viloyatidan bo‘lgan Dilnoza opa farzandli bo‘lgach, og‘ir sinovga duch keldi. Tug‘ruqdan keyin unda orqa miya degeneratsiyasi kasalligi yuzaga kelib, oyoqlari harakatsiz qoladi. Bu esa uning hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PQ–171-son qaroriga muvofiq, 2025-yilning 1-iyunidan boshlab “Faol hayotga qadam” dasturi ishga tushdi. Shu qarorga asosan 2025-yil oktyabr oyidan buyon Dilnoza opa “Kunduzgi parvarish” markaziga jalb etilgan. Markazda ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya xizmatlari, mehr va e’tibor, qolaversa samimiy muhit uning hayotiga yangi umid olib kirdi.
Bugun Dilnoza opaning sog‘ligida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bor. U sekin-asta yurishni boshladi. Eng muhimi, u o‘zini yolg‘iz his qilmayapti. Uning quvonchi va hayotga bo‘lgan ishonchi oila a’zolariga ham katta kuch va quvonch bag‘ishlamoqda.
💚 Insonni tushunish, qo‘llab-quvvatlash va unga imkon berish — eng katta mehrdir.
