“Men kuchli ayolman” musobaqasi
2026-05-18 14:05:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati Yangiobod tumani xotin-qizlari “Men kuchli ayolman” shiori ostida Ichki ishlar organlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.

Musobaqada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoamiz Yangiobod tumani sha’nini munosib himoya qildi.
Shuningdek, jamoa a’zolari turli yo‘nalishlar bo‘yicha: 🥇 7 ta 1-o‘rin
🥈 2 ta 2-o‘rin
🥉 1 ta 3-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovg‘alar sohibiga aylandilar.
Mazkur yutuq xotin-qizlarimizning matonati, shijoati, intilishi va birdamligining yorqin ifodasidir.
Yangiobod tumani xotin-qizlarining ushbu ulkan g‘alabasi barchamiz uchun faxr va g‘urur manbaidir. Barcha ishtirokchilarni erishilgan muvaffaqiyat bilan chin qalbdan muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!




