Fuqarolar murojaati — e’tibor va yechim markazida
2026-05-16 14:30:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyevning jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot va fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etishga qaratilgan qabul davomida jami 8 ta murojaat tinglandi. Unda aholini qiynab kelayotgan masalalar, taklif va so‘rovlar atroflicha muhokama qilinib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rish belgilandi.
Muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul rahbar hamda tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi







