Yangiobod tumanida pilla yetishtirish ishlari jadal davom etmoqda
2026-05-05 09:10:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani Do‘stlik mahallasida joylashgan Zomin asl ipak tolasi MChJga qarashli markazlashgan qurtxonada ipak qurti parvarishi yo‘lga qo‘yilib, pilla yetishtirish ishlari davom etmoqda.

Hozirda pilla parvarishi jarayoni avj pallada bo‘lib, qurtlar to‘rtinchi uyqu bosqichiga o‘tish arafasida. Hududning salqin ob-havo sharoiti jarayonlarning rejadagidek olib borilishiga imkon bermoqda.
Mazkur qurtxonada olib borilayotgan pilla parvarishi natijasida xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda. Shuningdek, tut barglarini yetkazib berish maqsadida Yoshlar ishlari tuman bo'limining mahallalardagi Yoshlar yetakchilari tomonidan pillakorlarga ko‘maklashish uchun hasharlar tashkil etilmoqda.









