Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar o‘rganildi
2026-04-30 10:05:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Jumladan muassasada ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda mavjud infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur jarayon maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.









