Bitiruvchilar bilan uchrashuv va sport mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-04-30 11:00:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev, tuman prokurori Sh. Salimov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri E. Muxtorov tumandagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning kelajak rejalari, kasb tanlash masalalari yuzasidan samimiy suhbat tashkil etilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng rahbarlar yuqori sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darsida ishtirok etib, ular bilan birgalikda voleybol o‘ynadilar.
Mazkur tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.









