Yosh dehqonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-30 12:10:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev va tuman prokurori Sh. Salimov tumanda dehqon xo‘jaligi bilan shug‘ullanish maqsadida yer olib faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari bilan yaqindan tanishilib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan birgalikda joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Mazkur muloqot yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.








