“Vazir kubogi” — haqiqiy kurash va kuch sinovi!
2026-04-29 12:55:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumanida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi qizg‘in bahslar, murosasiz kurashlar va yorqin lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Maydonda har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini ishga solib, chinakam raqobat va jamoaviy birdamlik namunasini ko‘rsatdi.

🏆 Natijalar esa quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — 12-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi
🥉 3-o‘rin — 6-maktab jamoasi
👏 G‘oliblar nafaqat kuch, balki matonat va jamoaviy ruh bilan ajralib turdi!
🎖 Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E. Muxtorov hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B. Pardayev ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.
⚡️ Ushbu musobaqa sportdan tashqari do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamladi.








