Mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-21 17:05:00 / Yangiliklar
Bugun Xavotog‘ QFY Qo‘shqand qishlog‘ida joylashgan 11-son umumta’lim maktabida tuman hokimligi, Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida mahalla aholisi bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Muloqot avvalida aholining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha so‘nggi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan soha mutaxassislari va Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari oddiy va xalqchil tilda olib borildi.
Shundan so‘ng, aholini qiziqtirgan savollarga rahbarlar tomonidan tegishli tartibda batafsil javoblar berildi.









