Xavotog‘ QFYda ayollar sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-04-14 11:35:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani Xavotog‘ QFYda xotin-qizlar o‘rtasida sportning 4 ta yo‘nalishi — stol tennisi, shashka, shaxmat va yugurish bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratildi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🔹 Stol tennisi bo‘yicha — S. Keldibekova
🔹 Shashka bo‘yicha — O. Oltiboyeva
🔹 Shaxmat bo‘yicha — F. Oripova
🔹 Yugurish bo‘yicha — A. Nurmatova g‘olib deb topildi.
🏅 G‘olib bo‘lgan xotin-qizlarga estalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yuqori kayfiyat va do‘stona muhitda o‘tib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.









