Sarmich MFYda “Ayollar sport olimpiadasi” o‘tkazildi
2026-04-14 11:05:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani Sarmich MFYda xotin-qizlar faoli Ostonaqulova Nafisa tashabbusi bilan “Ayollar sport olimpiadasi” tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga qaratildi. Musobaqalar davomida ishtirokchilar turli sport yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruh, yuqori kayfiyat va do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zaro hamjihatlikni namoyon etib, faol ishtiroklari bilan barchaga namuna bo‘ldilar.
Bunday tashabbuslar xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









