Yoshlar kuni – kelajak bunyodkorlari bilan uchrashuv
2026-04-02 11:00:00 / Yangiliklar
Bugun, Yoshlar kuni munosabati bilan Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Sarmich MFY hududida joylashgan 3-umumta'lim maktabida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 3-, 7-, 13-, 15- hamda 18-umumta’lim maktablari bitiruvchilari ishtirok etib, ularning kelajak rejalari, orzu-intilishlari va ta’lim yo‘nalishlari haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
💬 Tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikr va tashabbuslarini tingladi hamda ularga o‘zining hayotiy tajribasi asosida tavsiyalar berdi.
🌟 Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olish va kasb-hunar egallashiga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritildi.
🎯 Bunday uchrashuvlar yoshlarning ertangi kuniga ishonch uyg‘otib, ularni yanada katta marralar sari ruhlantiradi.








