Payshanba — Yoshlar kuni: xizmatdan qaytgan yoshlar e’tiborda
2026-04-02 09:15:00 / Yangiliklar
Bugun, Yoshlar kuni munosabati bilan Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev muddatli harbiy xizmatni sharaf bilan o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida yoshlarning harbiy xizmatdagi taassurotlari tinglanib, ularning kelgusi rejalari, bandligi va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Hokim tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va kasb egallashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning Vatanga sadoqat ruhini mustahkamlash, ularni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.
👏 Yurt himoyasida xizmat qilgan yigitlarimizga sharaf va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz!








