Yangiobodda infratuzilma yaxshilanadi: avtoturargoh hududi tartibga keltiriladi
2026-03-31 14:45:00 / Yangiliklar

Qarorga ko‘ra, Yangiobod shaharchasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududidagi mavjud infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish va hududga asfalt yotqizish uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan 50 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Loyiha doirasida:
- avtoturargoh hududidagi mavjud muammolar bartaraf etiladi;
- fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi;
- transport vositalari harakati yanada tartibga solinadi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi tuman hokimining o‘rinbosarlari va xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi tomonidan nazoratga olingan.
Ushbu chora-tadbirlar hudud infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, aholining kundalik hayotida qulaylik va xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.


